Barcha yangiliklar
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA ULARNI ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
Gallery image 277331
Gallery image 277332
Gallery image 277333
Gallery image 277334
Gallery image 277335
Gallery image 277336
Gallery image 277337
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
28 Okt 2026
13:49

XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA ULARNI ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI

XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA ULARNI ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarning Namangan shahrida ijro etilishi yuzasidan Namangan shahar hokimining o‘rinbosari D. Abduraximovaning hisoboti eshitildi.

Yig‘ilish davomida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

⚖️ Huquqiy targ‘ibot doirasida quyidagi qonunlarning mazmun-mohiyati o‘rganildi:

▪️ O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-562-son “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.

▪️ O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-son “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni.

📋 Doimiy komissiya faoliyati doirasida quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:

▪️ Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash.

▪️ Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish.

▪️ Huquqbuzarlik va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish.

▪️ Qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish va aniqlangan muammolar yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

📍 Maqsad — xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirish.