Barcha yangiliklar
51-SONLI MAKTABDA O‘QUVCHILAR DAVOMATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
Gallery image 277324
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
28 Okt 2026
13:47

51-SONLI MAKTABDA O‘QUVCHILAR DAVOMATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi, deputati Yusupov R. tomonidan 51-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning darslarga qatnashish holati o‘rganildi.

🔎O‘rganish davomida maktabdagi o‘quvchilar davomatining yuritilishi, darslarga muntazam qatnashmayotgan o‘quvchilar holati hamda sababsiz dars qoldirishning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

⚖️ O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ–637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, ta’lim oluvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida belgilangan tartib-qoidalarga rioya etishi hamda mashg‘ulotlarda ishtirok etishi lozim. Shu nuqtayi nazardan, o‘quvchilar davomatini nazorat qilish ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

💻Shuningdek, o‘quvchilar davomatini raqamli nazorat qilish maqsadida joriy etilayotgan “SI Davomat” tizimining ishlash jarayoni bilan tanishildi. Tizim orqali o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini avtomatik qayd etish va davomat bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish imkoniyatlari o‘rganildi.

📌Davomatga oid ma’lumotlarni maktab rahbariyati, profilaktika inspektori va mahalla vakillari bilan hamkorlikda nazorat qilish, shuningdek, sababsiz dars qoldirish holatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.