


IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ SHAXSLAR UCHUN ISH O‘RINLARINI BELGILASH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ SHAXSLAR UCHUN ISH O‘RINLARINI BELGILASH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash to‘g‘risida Namangan shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i A. Raxmonovning hisoboti eshitildi.
Yig‘ilishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ish bilan ta’minlash, ularning mehnat bozorida munosib ishtirokini qo‘llab-quvvatlash hamda bandlik imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash orqali ularning bandligini ta’minlash, ish beruvchilarning mas’uliyatini oshirish va ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
⚖️ Huquqiy targ‘ibot doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ-642-son “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 2023-yil 30-apreldan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida belgilangan aholi bandligini ta’minlash va mehnat munosabatlariga oid normalarning mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratildi.
📋 Doimiy komissiya faoliyati doirasida quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:
▪️ Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar bandligini ta’minlash.
▪️ Ish topishda qiynalayotgan fuqarolar uchun munosib ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlarini kengaytirish.
▪️ Ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash masalasini ko‘rib chiqish.
▪️ Ish beruvchilar bilan hamkorlikda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
📍 Maqsad — ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularning mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirish va ijtimoiy himoya choralarining samaradorligini oshirish.