Barcha yangiliklar
5-BAND IJROSI: “POSIRA” MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
28 Okt 2026
13:46

5-BAND IJROSI: “POSIRA” MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Sadullaev Q. tomonidan deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 5-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Posira” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

📝O‘rganish davomida MFY ijtimoiy xodimining faoliyati, jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish, ehtiyojmand fuqarolar bilan individual ishlash hamda ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati ko‘zdan kechirildi.

🔎Shuningdek, aholining ijtimoiy muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish va fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Mazkur o‘rganishdan maqsad — ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini oshirish, aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni hal etish yuzasidan deputatlik nazoratini kuchaytirishdan iborat.