Barcha yangiliklar
KITOBXONLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — EZGU TASHABBUS!
Gallery image 277319
Gallery image 277320
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
28 Okt 2026
13:45

KITOBXONLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — EZGU TASHABBUS!

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Musaeva D. tomonidan “Yunusobod” mahallasida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va kutubxona fondini boyitishga alohida e’tibor qaratildi.

📕O‘rganish jarayonida bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida deputat tomonidan mahalladagi yosh avlod uchun kitoblar sovg‘a qilindi.

📚Mazkur tashabbus o‘quvchilarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan.

⚖️Ushbu ishlar O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-apreldagi O‘RQ–280-son «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va aholining axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish tamoyillariga hamohangdir.

🤝Kitoblarni yosh avlodga yetkazish, mutolaaga qiziqishni rag‘batlantirish va kutubxona fondlarini muntazam boyitib borish kelajak avlodning ma’naviy-intellektual rivojiga xizmat qiladi.