

DEPUTAT “YUNUSOBOD” MAHALLASIDAGI KUTUBXONA FAOLIYATINI O‘RGANDI
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Musaeva D. o‘z saylov okrugidagi “Yunusobod” mahalla idorasiga tashrif buyurib, mahallada tashkil etilgan kutubxona faoliyati, kitob fondining holati hamda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
⚖️O‘rganish davomida “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan kutubxona faoliyatini tashkil etish, kitob fondini shakllantirish va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish sifati ko‘rib chiqildi.
🔍Shuningdek, kutubxona fondidagi badiiy, ilmiy-ommabop va o‘quv adabiyotlarining holati, ularning yangilanish darajasi hamda kitobxonlarning kutubxonadan foydalanish ko‘rsatkichlari o‘rganildi.
🔹Kutubxona xonasining sharoiti, mebel va jihozlar bilan ta’minlanganligi, kompyuter va internetdan foydalanish imkoniyatlari ham tahlil qilindi. Elektron kutubxona va raqamli resurslardan foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
💬Deputat mahalla yettiligi vakillari bilan suhbatlashib, hududda kitobxonlikni rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish bo‘yicha takliflarni tingladi.