Barcha yangiliklar
XOTIN-QIZLARNI KASB-HUNAR VA TADBIRKORLIKKA JALB ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 277300
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
28 Okt 2026
13:43

XOTIN-QIZLARNI KASB-HUNAR VA TADBIRKORLIKKA JALB ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ashrapova I. saylov okrugida istiqomat qilayotgan xotin-qizlar bilan uchrashdi.

✅Uchrashuv davomida mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy holati, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

📌Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-iyuldagi PQ-329-son “Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish mexanizmlari belgilangan.

💼Suhbat davomida ish izlayotgan xotin-qizlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish, ularning daromad manbalarini kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

✅Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarning murojaatlari bilan manzilli ishlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝Uchrashuv yakunida mahalladagi xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda aniqlangan masalalarni deputatlik nazorati doirasida o‘rganib borish bo‘yicha kelishib olindi.