Barcha yangiliklar
AHOLI MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI
Gallery image 277297
Gallery image 277298
Gallery image 277299
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
28 Okt 2026
13:41

AHOLI MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Murzametova M. Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Nilufar Allabergenova, bo‘lim boshlig‘i U. Abdullayev, Yunusobod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari A. To‘laganov hamda tuman prokurori o‘rinbosari D. Yo‘ldoshev bilan hamkorlikda “Ahilobod” mahallasida bo‘lib, hududdagi ishlar va mahalla faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

✅Tashrif davomida ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning muammo va murojaatlari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni qonunchilik talablari asosida ijobiy hal etish, shuningdek, ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

✅Shuningdek, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazish, murojaatlarni bevosita joyida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash masalalari alohida nazoratga olindi.