

Kengash_faoliyati
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala
#162_qonun
#okrugda_o'rganish
"Quduqsoy" mahallasida O‘RQ-406 Qonun ijrosi va Yoshlar yetakchisi faoliyati tahlil qilindi!
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, zamonaviy kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlar Bandixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan izchil nazorat qilib borilmoqda.
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashning 19-"Quduqsoy" saylov okrugi deputati G.Xolmatova “Quduqsoy” mahallasida bo‘lib, mahalladagi Yoshlar yetakchisining bugungi kundagi faoliyatini tahliliy ko‘rib chiqdi.
✅O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi, yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.
✅O‘rganish yakunida mahalladagi yoshlar bilan “xonadonbay” ishlash tizimini yanada kuchaytirish, “Yoshlar daftari” imkoniyatlaridan samarali foydalanish, band bo‘lmagan yoshlarni kasb-hunar va daromadli mehnatga jalb etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash, natijani ko‘rish va amaliy yechimga erishish demakdir.