



Kotib
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
Tibbiyot muassasasida isitish tizimi holati ko‘zdan kechirildi
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a’zosi Elmurod Amirov okrugdagi tibbiyot muassasasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida isitish tizimining holati o‘rgandi.
O‘rganish davomida muassasa xonalarida harorat me’yorini ta’minlash, isitish uskunalarining sozligi, issiqlik quvurlarining holati hamda tizimning uzluksiz ishlashiga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun qulay sharoit yaratish, ayniqsa, sovuq kunlarda muassasada yetarli issiqlikni ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.