Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 277276
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
28 Okt 2026
11:55

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Obikor mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi tomonidan Oliy Majlis Senati tavsiyasiga muvofiq mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida joylarda o‘rganish va nazorat-tahlil tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

✅Shu maqsadda alq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov Kengashning 20-"Obikor" saylov okrugi deputati X.Salomov okrugiga qarashli “Obikor” mahallasida bo‘lib, huquqbuzarliklar profilaktikasi ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

✅Xususan, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish yuzasidan profilaktika inspektori, mahalla faollari hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

✅Mas’ullar bilan o‘tkazilgan suhbatlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda aholini tadbirkorlikka keng jalb etish orqali jinoyatchilik omillarini kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.