


Kotib
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
“Navnihol” MFYda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Dilshod Soliyev “Navnihol” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.
O‘rganishlar davomida ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda oilaviy daromadlarni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, mahalladagi ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularning muammolarini manzilli o‘rganish va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim vazifa hisoblanadi.
Asosiy maqsad — har bir oilaning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, aholi farovonligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarning samaradorligini ta’minlashdan iborat.