Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 277266
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
28 Okt 2026
11:24

Kotib

ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda tadbiq etish maqsadida, eng muhim normativ-huquqiy xujjatlar deputatlari o‘rtasida taqsimlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son qarori “Yoshlar daftari” jamg‘armalari faoliyatini moliyalashtirish, shakllantirish va ularning mablag‘laridan foydalanish tartibini belgilaydi. Hujjat og‘ir ahvoldagi yoshlarga moddiy yordam berish, kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish xarajatlarini qoplash hamda ijtimoiy muammolarini tezkor hal etish mexanizmlarini tartibga soladi.