Barcha yangiliklar







KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
28 Okt 2026
11:26
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI MUHOKAMA QILINDI
Doimiy komissiya yig‘ilishida komissiya a’zosi Y. Berdiyarov tomonidan tuman Inson ijtimoiy xizmatlar markazi direktori B. Ismoilovning hisoboti yuzasidan savol berildi.
Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar murojaatlarini hal etish, takroriy murojaatlarning oldini olish hamda kelib tushgan murojaatlarning qancha qismi ijobiy hal etilgani yuzasidan izoh so‘raldi.
Javobda fuqarolar murojaatlarini manzilli o‘rganish, zarur ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va hal etilmagan murojaatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.