



Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining navbatdagi 36-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Kengash huzuridagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oqoltin tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan taqdim etilgan axborot doirasida tuman Inson ijtimoiy xizmatlar markazi direktori B. Ismoilovning hisoboti ko‘rib chiqildi.
Muhokama davomida fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, aholi muammolarini hal etish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.