



Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida komissiya a’zosi D. Egamqulova tomonidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i X. Bekmurodovning hisoboti yuzasidan savol berildi.
Jumladan, hisobotda ko‘plab tezkor-profilaktik tadbirlar amalga oshirilgani qayd etilgan bo‘lsa-da, umumiy jinoyatlar, o‘g‘rilik, shuningdek, yoshlar va ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni oshgani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan amalga oshirilgan tadbirlar samaradorligini baholash mezonlari hamda kelgusida jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilanishi va ularning ijrosi yuzasidan Kengashga axborot taqdim etilishi masalalari ko‘tarildi.
Javobda profilaktik tadbirlar samaradorligini baholashda jinoyatlar dinamikasi, takroriy huquqbuzarliklar, mahallalardagi xavfsizlik holati va fuqarolar murojaatlari natijalarini hisobga olish zarurligi ta’kidlandi.