Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 277254
Gallery image 277255
Gallery image 277256
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
28 Okt 2026
11:22

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida komissiya a’zosi G. Islamova tomonidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i X. Bekmurodovning hisoboti yuzasidan savol berildi.

Xususan, tumandagi 11 ta mahalladan Ko‘rkam Diyor mahallasi “qizil” toifaga kiritilgani, hududda 4 ta o‘g‘rilik, 1 ta o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish va 1 ta o‘zboshimchalik holati qayd etilgani ta’kidlanib, jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi, mas’ullar va ijro muddatlari yuzasidan izoh so‘raldi.

Javobda sodir etilgan jinoyatlarning sabablari va shart-sharoitlarini o‘rganish asosida alohida profilaktika rejasini ishlab chiqish, hudud nazoratini kuchaytirish, aholi bilan manzilli uchrashuvlar o‘tkazish hamda nizoli vaziyatlarni barvaqt aniqlash zarurligi ta’kidlandi.