




Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida komissiya raisi J. Usmonov tomonidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i X. Bekmurodovning hisoboti yuzasidan savol berildi.
Jumladan, 2026-yilning 9 oyi davomida yoshlar tomonidan 15 ta jinoyat sodir etilgani, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 taga ko‘pligi qayd etilib, yoshlar jinoyatchiligining oshishiga sabab bo‘layotgan omillar hamda uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan izoh so‘raldi.
Javobda har bir jinoyatning kelib chiqish sabablarini alohida o‘rganish, profilaktika inspektorlari, yoshlar yetakchilari, ta’lim muassasalari va ota-onalar hamkorligida xavf guruhidagi yoshlar bilan individual ishlash zarurligi ta’kidlandi.