Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 277244
Gallery image 277245
Gallery image 277246
Gallery image 277247
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
28 Okt 2026
11:21

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI VA JAMOAT XAVFSIZLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining navbatdagi 36-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Kengash huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i X. Bekmurodovning hisoboti ko‘rib chiqildi.

Muhokama davomida mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan fikr almashildi.