



Kotib
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
Hududni obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, Adolat SDp a’zosi Shoanvar Shomaxmudov “Olimlar” mahallasida hududni obodonlashtirish, sanitariya-tozalik qoidalariga rioya etish hamda aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish davomida ko‘chalar va ichki yo‘llarning tozaligi, yashil hududlar va daraxtlarni parvarishlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda umumiy foydalanish joylarining holatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish va bu borada mas’ul tashkilotlar hamda mahalla faollari hamkorligini kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Obod va ozoda mahalla — aholi salomatligi, farovonligi va yashash madaniyatining muhim mezonidir.