Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 277238
Gallery image 277239
Gallery image 277240
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
28 Okt 2026
11:20

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida komissiya a’zosi D. Egamqulova tomonidan tuman prokurori U. Qo‘shboqovning hisoboti yuzasidan savol berildi.

Jumladan, hisobotda jinoyatchilik ko‘rsatkichlari o‘tgan davrga nisbatan oshgani hamda oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar qayd etilgani ta’kidlanib, ularning kelib chiqish sabablari, mas’ul idoralar va mahallalar kesimida belgilangan vazifalar hamda ularning ijrosini baholash mezonlari yuzasidan izoh so‘raldi.

Javobda jinoyatlarning kelib chiqish sabablari har bir holat bo‘yicha alohida o‘rganilishi, moddiy qiyinchiliklar, nosog‘lom ijtimoiy muhit va boshqa xavf omillarini bartaraf etishga qaratilgan choralar ko‘rilishi lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek mahallalar va mas’ul idoralar faoliyatini jinoyatlar soni, takroriy huquqbuzarliklar hamda profilaktika ishlari natijalari asosida tahlil qilish muhimligi qayd etildi