Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 277235
Gallery image 277236
Gallery image 277237
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
28 Okt 2026
11:19

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida komissiya a’zosi G. Islamova tomonidan tuman prokurori U. Qo‘shboqovning hisoboti yuzasidan savol berildi.

Jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy qonunchilik ijrosi yuzasidan 29 ta tekshirish o‘tkazilib, 202 ta protest keltirilgani, shuningdek, mansabdor va mas’ul shaxslar intizomiy hamda ma’muriy javobgarlikka tortilgani qayd etilib, ushbu qonunbuzilishlarning asosiy sabablari va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan izoh so‘raldi.

Javobda aniqlangan qonunbuzilishlarni tegishli tashkilotlar va sohalar kesimida tahlil qilish, noqonuniy hujjatlarni qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish hamda ularni qabul qilishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, keltirilgan protestlarning ko‘rib chiqilishi va ular bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalarini nazorat qilish muhimligi qayd etildi.