



Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida komissiya raisi J. Usmonov tomonidan tuman prokurori U. Qo‘shboqovning hisoboti yuzasidan savol berildi.
Xususan, hisobot davrida 96 ta tekshirish o‘tkazilib, 540 ta prokuror nazorati hujjati qo‘llanilgani qayd etilib, aniqlangan qonunbuzilishlarning asosiy sabablari hamda avvalgi tekshirishlarda aniqlangan kamchiliklarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan izoh so‘raldi.
Javobda aniqlangan qonunbuzilishlarni sohalar va tashkilotlar kesimida tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, mas’ul shaxslarning javobgarligini belgilash hamda prokuror nazorati hujjatlari ijrosini nazorat qilish orqali bunday holatlarning takrorlanishining oldini olish muhimligi ta’kidlandi.