Barcha yangiliklar
GULBOG‘ MAHALLASIDA MUAMMOLAR KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANILDI
Gallery image 277224
Gallery image 277225
Gallery image 277226
Gallery image 277227
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
27 Okt 2026
11:16

GULBOG‘ MAHALLASIDA MUAMMOLAR KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANILDI

 GULBOG‘ MAHALLASIDA MUAMMOLAR KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi raisi Solijon Muminov hamda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi Rustamjon Isakov, Kengash kotibiyat mudiri N. Ubaydullayev va mas’ul xodimlar ishtirokida Gulbog‘ mahallasida ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda infratuzilma bilan bog‘liq kamchiliklar bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish, hududni obodonlashtirish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan muammolarni tizimli tahlil qilish, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash va belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilib borish muhimligi ta’kidlandi.

📌 Maqsad — mahalladagi mavjud muammolarni manzilli aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini belgilash hamda aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish.