Barcha yangiliklar
Deputatlik söroviga rasmiy javob kelib tuşdi
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
28 Okt 2026
11:14

Deputatlik söroviga rasmiy javob kelib tuşdi

Deputatlik söroviga rasmiy javob kelib tuşdi

➡️ Oldin xabar berilganidek Xalq deputatlari Taxiatoş tumani Kengaşi deputati Artikov Davron Omarbayevich tomonidan “Naymanköl” OFY, 1-Nayman saylov okrugidagi Oqmanğit köçasida elektr tarmoqlari xavfsizligi va elektr ustunlarining holati yuzasidan yuborilgan deputatlik söroviga javob olindi.

📨 Taxiatoş tumani elektr tarmoqlari korxonasi boshliği T. Jamalovning ma’lum qilişiça, mazkur hududdagi elektr ta’minoti holati örganilgan.

📌 Javob xatida qayd etilişiça, Oqmanğit köchasidagi elektr ta’minoti 2018-yilda “Obod qişloq” dasturi doirasida örnatilgan 162-sonli transformator punkti orqali amalga oşiriladi. Transformator punkti 0,4 kV kuçlanişli tarmoqlar bilan ta’minlangan bölib, rekonstruksiya işlari davomida SIP kabellari tortilgan.

Şuningdek, ayrim xonadonlar fasad qismlarida montaj işlari olib borilgani va elektr energiyasi ta’minoti hozirda me’yoriy holatda ekani bildirilgan.

Deputatlik sörovi orqali hududdagi elektr tarmoqlari holatiga mas’ul taşkilot e’tibori qaratildi.