Barcha yangiliklar
TOSHKENT XALQARO UNIVERSITETI TALABALAR TURAR JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI
Gallery image 277217
Gallery image 277218
Gallery image 277219
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
27 Okt 2026
11:11

TOSHKENT XALQARO UNIVERSITETI TALABALAR TURAR JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI

 TOSHKENT XALQARO UNIVERSITETI TALABALAR TURAR JOYIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyat mudiri N. Ubaydullayev, deputat S. Gapparova hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov Namangan shahrining Gulbog‘ mahallasida joylashgan Toshkent xalqaro universiteti talabalar turar joyi faoliyati va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

O‘rganish davomida talabalar turar joyida yaratilgan yashash sharoitlari, xonalarning holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda talabalarning ta’lim olishi va yashashi uchun zarur imkoniyatlar bilan tanishildi.

Shuningdek, talabalar uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlash, turar joydagi mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash hamda yoshlarning ta’lim olishi va munosib yashashi uchun zarur imkoniyatlarni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Huquqiy targ‘ibot doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati, unda belgilangan ta’lim sohasidagi talablar hamda talabalarning ta’lim olish huquqlarini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

📌 Maqsad — talabalar turar joylarida yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish, ta’lim oluvchilar uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlash hamda mavjud imkoniyatlarni yanada yaxshilashga ko‘maklashish.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦