Barcha yangiliklar
DEPUTAT NARIMON DEHQONOVNING NAVBATDAGI MANZILI — OYBEK MAHALLASI
Gallery image 277209
Gallery image 277210
Gallery image 277211
Gallery image 277212
Gallery image 277213
Gallery image 277214
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
27 Okt 2026
11:10

DEPUTAT NARIMON DEHQONOVNING NAVBATDAGI MANZILI — OYBEK MAHALLASI

DEPUTAT NARIMON DEHQONOVNING NAVBATDAGI MANZILI — OYBEK MAHALLASI

Xalq deputatlari Namangan viloyati va Namangan shahar Kengashlari deputati Narimon Dehqonov tomonidan mahallalarda mavjud muammolarni o‘rganish, aholi ehtiyojlarini aniqlash va ularning yechimi yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqishga qaratilgan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi manzil — Oybek mahallasi bo‘ldi. O‘rganish davomida yoshlar o‘rtasida uchrayotgan muammolar, mahalladagi sport inshootlarining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari, tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatining samaradorligi hamda migratsiyadagi yoshlar statistikasi tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish, ularning muammolarini aniqlash va tegishli yo‘nalishlarda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish belgilandi.

📋 Deputatlik faoliyatining 24 ta tavsiyasiga muvofiq quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:

▪️ Yoshlar o‘rtasidagi muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

▪️ Mahallada sport infratuzilmasi va yoshlarning sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini o‘rganish.

▪️ Aholiga, xususan, yoshlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini tahlil qilish.

▪️ Migratsiyadagi yoshlar holatini o‘rganish va tegishli masalalarni tahlil qilish.

▪️ Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralarni belgilash.

📍 Maqsad — mahalladagi muammolarni tizimli o‘rganish, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni tahlil qilish va aholini qiynayotgan masalalar yechimiga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.