




GULBOG‘ MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI: FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA HAL ETILDI
GULBOG‘ MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI: FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA HAL ETILDI
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov, Kengash kotibiyat mudiri N. Ubaydullayev hamda deputat B. Xalilov ishtirokida Gulbog‘ mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularning mazmuni va yuzaga kelgan muammolar atroflicha o‘rganildi. Murojaatlarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullar bilan birgalikda zarur choralar ko‘rildi.
Sayyor qabul davomida ko‘tarilgan masalalar ijobiy hal etilib, fuqarolarga joyning o‘zida amaliy yordam ko‘rsatildi.
Bu esa aholi murojaatlarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish va muammolarni tezkor hal etishning muhimligini yana bir bor namoyon etdi.
Shuningdek, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda davlat organlari va aholi o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Huquqiy targ‘ibot doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida, xolis va qonuniy ko‘rib chiqish muhimligi ta’kidlandi.
📌 Maqsad — fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, muammolarga amaliy yechim topish va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan deputatlik faoliyatini izchil davom ettirish.