Barcha yangiliklar
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI  Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Nurmatov tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchisining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Gallery image 277197
Gallery image 277198
Gallery image 277199
Gallery image 277200
Gallery image 277201
Gallery image 277202
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
27 Okt 2026
11:07

MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Nurmatov tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchisining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Nurmatov tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchisining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yoshlar murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlarni aniqlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Huquqiy targ‘ibot doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-son “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratildi.

📋 O‘rganish yakunida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar berildi:

▪️ Yoshlar bilan ishlashni tizimli tashkil etish va ularning muammolarini manzilli o‘rganish.

▪️ Ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash hamda ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirishga ko‘maklashish.

▪️ Yoshlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish.

▪️ Belgilangan vazifalar ijrosini kuzatib borish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish.

📍 Maqsad — yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligini oshirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularning muammolariga amaliy yechim topishga ko‘maklashish.