Barcha yangiliklar
GULBOG‘ MAHALLASI YETTILIGI FAOLIYATI VA BELGILANGAN VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 277188
Gallery image 277189
Gallery image 277190
Gallery image 277191
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
27 Okt 2026
11:06

GULBOG‘ MAHALLASI YETTILIGI FAOLIYATI VA BELGILANGAN VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

GULBOG‘ MAHALLASI YETTILIGI FAOLIYATI VA BELGILANGAN VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyat mudiri N. Ubaydullayev, shuningdek, Nurmatov va Abdulmajidovlar Gulbog‘ mahallasidagi yettilik vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, oilalarning ijtimoiy muammolarini aniqlash, yoshlar bandligini ta’minlash hamda ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallada belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, fuqarolar murojaatlariga manzilli yondashish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Huquqiy targ‘ibot doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-son “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-son “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish va belgilangan qonuniy talablar ijrosini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida mahalla yettiligi vakillariga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan vazifalarni tizimli tashkil etish, hamkorlikni mustahkamlash va aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

📍 Maqsad — mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda aholi muammolarini joyida o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish.