GULBOG‘ MAHALLASIDA MAHALLA RAISI VA YOSHLAR YETAKCHISI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyat mudiri N. Ubaydullayev Gulbog‘ mahallasida bo‘lib, mahalla raisi va yoshlar yetakchisi bilan suhbat o‘tkazdi.
Suhbat davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi faoliyat masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mahallada mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va aholi bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Huquqiy targ‘ibot doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-son “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-son “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vazifalar va normalarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, yoshlar manfaatlarini himoya qilish hamda mahalla faoliyatida qonuniylikni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida mahalladagi ishlarni tizimli tashkil etish, yoshlar bilan individual ishlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi yuzasidan hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
📍 Maqsad — mahallada samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, aholi murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish va qonunchilik targ‘ibotini kuchaytirish.