




GULBOG‘ MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
GULBOG‘ MAHALLASIDA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi bosh mutaxassisi M. Abdulmajidov tomonidan Gulbog‘ mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati bilan tanishildi.
O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, aholining ijtimoiy muammolarini o‘rganish hamda ularga manzilli yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, alohida e’tibor va ko‘makka muhtoj shaxslarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Huquqiy targ‘ibot doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-oktabrdagi O‘RQ-869-son “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 2023-yil 1-iyundagi O‘RQ-837-son “O‘zbekiston Respublikasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan normalarning mazmun-mohiyatini o‘rganish va aholiga tushuntirish ishlarini kuchaytirish muhimligi qayd etildi.
O‘rganish yakunida ijtimoiy xodim faoliyatini samarali tashkil etish, fuqarolarning ehtiyojlarini to‘g‘ri baholash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda manzillilik va qonuniylik tamoyillariga rioya etish hamda mavjud muammolarni hamkorlikda hal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.
📍 Maqsad — aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va mahallalarda ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish.