Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 277177
Gallery image 277178
Gallery image 277179
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
28 Okt 2026
10:58

Kotib

#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol

MFYda ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zXDP a’zosi Shoxzoda Kurbanova tomonidan “Alpomish” mahallasida aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy xodim faoliyatining samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va doimiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning muammolarini aniqlash hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarga zarur ijtimoiy xizmatlarni o‘z vaqtida tashkil etish, ularning murojaatlari bilan manzilli ishlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.