




GULBOG‘ MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
GULBOG‘ MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyat mudiri N. Ubaydullayev Gulbog‘ mahallasida bo‘lib, mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida xotin-qizlar bilan ishlash, ularning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va yuritilayotgan hujjatlar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-562-son “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-son “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan huquqiy targ‘ibot olib borish, ularning talablarini amaliyotga tatbiq etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan manzilli ishlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida faoliyatni yanada samarali tashkil etish, hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish, aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish va qonunchilik hujjatlari mazmunini mahalla aholisi o‘rtasida keng targ‘ib qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
📍 Maqsad — xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qonunchilik talablarini aholiga yetkazish hamda mahallada huquqiy madaniyatni yuksaltirish.