

OILAVIY QADRIYATLAR — JAMIYAT TAYANCHI
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ibragimov Yu. tomonidan fuqarolar bilan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilada o‘zaro hurmat va totuvlikni ta’minlash, shuningdek, oilaviy nizolarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan suhbat o‘tkazildi.
🤝Suhbat davomida oilada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat va ishonchni mustahkamlash, farzandlar tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
👨👩👧👦Shuningdek, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish, mavjud muammolarni tinch yo‘l bilan hal etish hamda oilalarning ajralib ketishining oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
⚖️Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksida belgilangan oila, nikoh, er-xotin va oila a’zolarining huquq hamda majburiyatlariga oid normalar mazmun-mohiyati tushuntirildi.