


“AHILOBOD” MAHALLASIDA YANGI BOLALAR MAYDONCHASI BARPO ETILMOQDA
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Murzametova M. tomonidan “Ahilobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida deputat tashabbusi bilan barpo etilayotgan yangi bolalar maydonchasidagi qurilish ishlarining borishi joyiga chiqib o‘rganildi.
🔺Mazkur loyiha mahalla aholisining murojaatlari asosida bolalar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz o‘yin maydonchasini tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi hamda sog‘lom rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida ilgari surilgan.
🔎O‘rganish davomida deputat Murzametova M. qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati, maydonchaning belgilangan talablarga muvofiq barpo etilishi hamda bolalar xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
🔵Pudratchi tashkilot mas’ullariga qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, o‘yin maydonchasini zamonaviy talablar asosida jihozlash hamda foydalanishga topshirishda xavfsizlik me’yorlariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
⚖️ Deputat Murzametova M. tomonidan aholining taklif va murojaatlarini amaliy tashabbuslarga aylantirish, mahallada bolalar manfaatlariga xizmat qiladigan infratuzilmani rivojlantirish hamda qurilish ishlarining sifatli bajarilishi ustidan deputatlik nazoratini olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!