Barcha yangiliklar
54-SONLI POLIKLINIKADA ISHLAMAYOTGAN LIFT MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
27 Okt 2026
10:40

54-SONLI POLIKLINIKADA ISHLAMAYOTGAN LIFT MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Yunusobod tumanidagi 54-sonli oilaviy poliklinikada liftning ishlamayotgani yuzasidan fuqarolardan murojaat kelib tushdi.

🇺🇿Murojaatni o‘rganish davomida liftning ishlamayotgani, mazkur holat ayniqsa yoshi katta fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, homilador ayollar hamda harakatlanishi cheklangan bemorlar uchun jiddiy noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi.

📌Mazkur murojaat asosida Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Musayeva Dilnoza Mirzaxidovna tomonidan tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📖Deputatlik so‘rovi O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 5 va 8-moddalari, shuningdek, amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida yuborildi.

🔎So‘rovda 54-sonli poliklinikadagi liftning texnik holatini o‘rganish, uning ishlamayotganlik sabablarini aniqlash, zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hamda liftning to‘liq va xavfsiz ishlashini ta’minlash choralarini ko‘rish so‘ralgan.

🤝Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida o‘rganilib, fuqarolarga tibbiy xizmatlardan foydalanishda qulay va xavfsiz sharoit yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.