Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 277148
Gallery image 277149
Gallery image 277150
Gallery image 277151
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
28 Okt 2026
10:40

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

JINOYATLARNING BARVAQT OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining navbatdagi 36-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Kengash huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda hududdagi kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Oqoltin tumani prokurori U. Qo‘shboqovning axboroti ham ko‘rib chiqildi.

Muhokama davomida hududda qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.