
🔤 19–23-oktyabr 2026-yil
19–23-oktyabr 2026-yil
🗓 19–23-oktyabr kunlari Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
✅ 19-oktyabr kuni Kengash kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich hududlarda bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish masalalarini o‘rgandi. 👉 Batafsil
✅ 20-oktyabr kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich “Naymanko‘l” OFY 2-Xan-jap saylov okrugida aholi bandligi, daromadlarni oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar bilan tanishdi. 👉 Batafsil
✅ 21-oktyabr kuni “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Bekimbetova Sayyara Seytimovna davlat xizmatlari hamda FHDYo organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandi. 👉 Batafsil
✅ 22-oktyabr kuni O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Shapiyev Bekbergen Abdreymovich “Qushchilik” MFYda hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlar bilan tanishdi. 👉 Batafsil
✅ 23-oktyabr kuni Kengash raisi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich hududlarda ijtimoiy ehtiyojmand aholiga ijtimoiy xodimlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tashkil etilishi va sifatini o‘rgandi. 👉 Batafsil
✨ Haftalik o‘rganishlar davomida aholi bandligi, oilalar daromadlarini oshirish, davlat xizmatlari sifati, kambag‘allikni qisqartirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.