



Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida komissiya a’zosi G. Islamova tomonidan tuman Elektr ta’minoti bo‘limida fuqarolar va tadbirkorlarning korrupsiyaviy holatlar yuzasidan murojaat qilish imkoniyatlari haqida savol berildi.
Shuningdek, murojaat qiluvchilarning huquqlarini himoya qilish va korrupsiyaviy holatlar haqida xabar bergan shaxslar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mavjud mexanizmlarga aniqlik kiritildi.
Javobda fuqarolar va tadbirkorlar uchun rasmiy murojaat kanallari, ishonch telefonlari hamda elektron murojaat vositalari orqali xabar berish imkoniyatlarini yaratish, kelib tushgan murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va murojaatchilarning huquqlarini himoya qilish muhimligi ta’kidlandi.