Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 277142
Gallery image 277143
Gallery image 277144
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
28 Okt 2026
10:35

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida komissiya raisi J. Usmonov tomonidan tuman Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari E.Oripovning hisoboti yuzasidan savol berildi.

Xususan, xodimlarning xizmat vazifalariga aloqador bo‘lmagan masalalarga aralashmasligi, ishga joylashtirish yoki boshqa xodimlarning vakolatiga kiradigan ishlar bilan shug‘ullanmasligi haqidagi talablarning manfaatlar to‘qnashuvi va tanish-bilishchilik holatlarining oldini olishdagi ahamiyati so‘raldi.

Javobda xodimlarning o‘z vakolatlari doirasida faoliyat yuritishi noqonuniy ta’sir o‘tkazish, ayrim fuqarolarga asossiz ustunlik yaratish va shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab qaror qabul qilish xavfini kamaytirishi ta’kidlandi. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda belgilangan tartibda xabar berish, vaziyatni xolis baholash, hamda ichki nazoratni kuchaytirish muhimligi qayd etildi.