






Kasb va daromad sari amaliy ko‘mak
Kasb va daromad sari amaliy ko‘mak
“Naymanko‘l” OFY 2-Xan-jap saylov okrugida ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolarning bandligini ta’minlash va mustaqil daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
🇺🇿 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich homiylar tomonidan ajratilgan pishiriq tayyorlash pechi, motokultivator va tikuv mashinalarini fuqarolarga topshirdi.
🧵 Mazkur jihozlar fuqarolarga tikuvchilik, pishiriq tayyorlash va dehqonchilik yo‘nalishlarida faoliyat boshlash yoki mavjud imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashishi mumkin.
📌 Bunday yordamning maqsadi — fuqarolarning mehnat qilish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash, oilaviy daromad manbalarini shakllantirish va bandlikni oshirishga ko‘maklashish.
📜 O‘rganishlar «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-642, 20.10.2020) ijrosi doirasida olib borilmoqda.