Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 277133
Gallery image 277134
Gallery image 277135
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
28 Okt 2026
10:34

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida komissiya a’zosi D. Egamqulova tomonidan tuman Elektr ta’minoti bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan savol berildi.

Jumladan, kelgusida ushbu yo‘nalishda qanday aniq vazifalar belgilanishi va ularning ijrosi qay tartibda nazorat qilinishi so‘raldi.

Javobda korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan xizmat jarayonlarini aniqlash, ichki nazoratni kuchaytirish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yaxshilash ustuvor vazifalar sifatida belgilanishi ta’kidlandi. Shuningdek har bir vazifa bo‘yicha mas’ullar va ijro muddatlarini belgilash, bajarilgan ishlar yuzasidan davriy hisobot tayyorlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muhimligi qayd etildi