Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 277130
Gallery image 277131
Gallery image 277132
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
28 Okt 2026
10:33

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

ORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA BELGILANGAN VAZIFALAR IJROSI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining navbatdagi 36-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-sonli Farmoni ijrosiyuzasidan tumani Kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur masala yuzasidan tuman Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Eliyor Turg‘unovich Oripovning hisoboti tinglandi.

Muhokama davomida Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda sohada ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.