Barcha yangiliklar
Bandlik sari — har bir xonadon bilan muloqot
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
28 Okt 2026
10:30

Bandlik sari — har bir xonadon bilan muloqot

Naymanko‘l” OFY 2-Xan-jap saylov okrugida fuqarolarning ish bilan ta’minlanishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish maqsadida xonadonbay o‘rganishlar davom etmoqda.

🏡 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich fuqaro F.U.ning xonadonida bo‘lib, uning bandligini ta’minlash va mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qildi.

🧵 Suhbat davomida tikuv sexlari yoki issiqxonalarda ishlash variantlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, kelgusida mustaqil faoliyat boshlash istagi bo‘lgan fuqaro uchun yengillashtirilgan kredit yoki ssuda asosida zarur ishlab chiqarish uskunalarini xarid qilish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

📌 Asosiy maqsad — fuqaroning mavjud imkoniyat va qiziqishlaridan kelib chiqib, unga munosib ish topish yoki o‘z faoliyatini boshlash uchun amaliy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish.

📜 O‘rganishlar «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-642, 20.10.2020) ijrosi doirasida olib borilmoqda.