Barcha yangiliklar
🌾 Dehqonchilik va chorvachilik — daromad sari imkoniyat
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
28 Okt 2026
10:29

🌾 Dehqonchilik va chorvachilik — daromad sari imkoniyat

🌾 Dehqonchilik va chorvachilik — daromad sari imkoniyat

Aholi bandligini oshirish va oilalarning o‘z daromadiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish maqsadida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi vakili Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich “Naymanko‘l” OFY 2-Xan-jap saylov okrugi hududida o‘rganishlar olib bormoqda.

🏡 Navbatdagi uchrashuv fuqaro B.Yu.ning xonadonida bo‘lib o‘tdi. Muloqotda dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanish, bu yo‘nalishlarda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda mavjud imkoniyatlardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

💳 Shuningdek, imtiyozli va yengillashtirilgan mikrokreditlar olish imkoniyatlari, yer maydonlaridan unumli foydalanish orqali oilaviy daromadni ko‘paytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

🤝 Har bir oilaning mehnat qilish va daromad topish imkoniyatini yuzaga chiqarish — bandlikni ta’minlashning muhim shartidir. Bunday o‘rganishlar, ayniqsa, ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan.

📜 O‘rganishlar «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-642, 20.10.2020) ijrosi doirasida olib borilmoqda.