Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI TOŞKENT ŞAHAR KENGAŞI DEPUTATI UMID SANAKULOV 2026-YILNING UÇINÇI ÇORAGI BÖYIÇA SAYLOVÇILARGA AXBOROT BERDI
Gallery image 277126
Gallery image 277127
Gallery image 277128
Gallery image 277129
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
28 Okt 2026
10:27

XALQ DEPUTATLARI TOŞKENT ŞAHAR KENGAŞI DEPUTATI UMID SANAKULOV 2026-YILNING UÇINÇI ÇORAGI BÖYIÇA SAYLOVÇILARGA AXBOROT BERDI

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️XALQ DEPUTATLARI TOŞKENT ŞAHAR KENGAŞI DEPUTATI UMID SANAKULOV 2026-YILNING UÇINÇI ÇORAGI BÖYIÇA SAYLOVÇILARGA AXBOROT BERDI

🏛 Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining 33-“Beltepa” saylov okrugidan saylangan deputati Umid Sanakulov Şayxontohur tumanida saylovçilar bilan uçraşib, 2026-yilning uçinçi çoragi davomida amalga oşirilgan deputatlik faoliyati, hududlarda olib borilgan örganişlar, aholi murojaatlari hamda ularning yeçimlari yuzasidan körilgan çoralar haqida axborot berdi.

🤝 Uçraşuvda Şayxontohur tumani hokimligi mas’ul xodimlari, mahalla fuqarolar yiğinlari raislari, “Mahalla yettiligi” a’zolari, tegişli taşkilotlar vakillari, nuroniylar, mahalla faollari, yoşlar hamda saylovçilar iştirok etdi.

📍 33-“Beltepa” saylov okrugi hududidagi mahallalarda amalga oşirilayotgan obodonlaştiriş işlari, kommunal infratuzilmani yaxşilaş, içki yöllarni ta’mirlaş, köçalarni yoritiş, bolalar maydonçalarini barpo etiş hamda aholining ijtimoiy-maişiy muammolarini hal etiş masalalari muhokama qilindi.

📩 Deputat axborotida qayd etilişiça, hisobot davrida fuqarolardan 18 ta turli mazmundagi murojaat kelib tuşgan. Ularning asosiy qismini içimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti, yöllarni ta’mirlaş, köça yoritgiçlarini örnatiş, hududlarni obodonlaştiriş, ijtimoiy himoya va aholi bandligi bilan boğliq masalalar taşkil etgan.

🔎 Murojaatlar yuzasidan tegişli mas’ul taşkilotlar bilan hamkorlikda örganişlar olib borilib, ularning aksariyati ijobiy hal etilgan. Qöşimça vaqt talab etadigan masalalar böyiça tuşuntirişlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olingan.

📋 Şuningdek, aholini qiynayotgan dolzarb muammolarga tizimli yeçim topiş maqsadida tegişli davlat organlari va taşkilotlarga 3 ta deputatlik sörovi yuborilgan. Mazkur sörovlar asosida ayrim muammolarni bartaraf etiş yuzasidan amaliy çoralar körilgan, qöşimça işlar talab etiladigan masalalar esa tegişli reja-jadvallarga kiritilgan.

🏗 Saylov okrugidagi 5 ta mahallada zamonaviy bolalar maydonçalarini barpo etiş işlari olib borilmoqda. Uşbu taşabbus mahallalarda istiqomat qilayotgan bolalarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ular uçun xavfsiz dam oliş muhitini yaratiş hamda sport va soğlom turmuş tarzini ommalaştirişga qaratilgan.

🔺 Deputat tomonidan quriliş jarayonlari doimiy nazoratga olinib, maydonçalarni belgilangan muddatlarda va sifatli foydalanişga topşiriş masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

♻️ Mahallalarda aholi bilan manzilli işlaş yönalişida ham qator örganişlar amalga oşirilgan. Deputat mahalla raislari, hokim yordamçilari, yoşlar yetakçilari va xotin-qizlar faollari bilan hamkorlikda xonadonlarga taşrif buyurib, fuqarolarning yaşaş şaroitlari va mavjud muammolarini örgangan.

🤝 Jumladan, 8 ta ehtiyojmand oila, 1 nafar nogironligi bölgan şaxs, 2 nafar yolğiz keksa hamda 2 nafar işsiz yoşning ijtimoiy-maişiy muammolariga alohida e’tibor qaratilgan.

💡 Örganişlar natijasida ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, yoşlarning bandligini ta’minlaş, ularni kasb-hunarga yönaltiriş hamda mavjud muammolarni mas’ul taşkilotlar bilan hamkorlikda hal etiş böyiça tegişli işlar taşkil etilgan.

🗣 Uçraşuv davomida mahallalardagi elektr va gaz ta’minotining barqarorligi, içimlik suvi tarmoqlari holati, içki köçalar va piyodalar yölaklarini ta’mirlaş, tungi yoritiş tizimini yaxşilaş hamda 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik masalalariga ham e’tibor qaratildi.

📁 Oçiq muloqotda saylovçilar tomonidan bildirilgan savol va takliflar tinglanib, hududdagi muammolarni joyiga çiqib örganiş, zarur hollarda tegişli taşkilotlarga deputatlik sörovlari kiritiş hamda ularning ijrosini nazorat qiliş masalalari muhokama qilindi.

📝 Kelgusidagi ustuvor vazifalar sifatida saylov okrugidagi 5 ta mahallada bolalar maydonçalari qurilişini yakunlaş, obodonlaştiriş işlarini davom ettiriş, kommunal xizmatlar sifatini oşiriş, aholi murojaatlarini öz vaqtida körib çiqiş hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli işlaş belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash