
🐄 Chorvachilik — oilaviy daromadni oshirish imkoniyati
🐄 Chorvachilik — oilaviy daromadni oshirish imkoniyati
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich “Naymanko‘l” OFY 2-Xan-jap saylov okrugida aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rganishlarni davom ettirmoqda.
🏡 Bu gal deputat fuqaro E.O.ning xonadonida bo‘lib, oilaning chorvachilik bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini muhokama qildi.
💳 Suhbat chog‘ida chorva boqish orqali daromad topish, faoliyatni boshlash uchun imtiyozli va yengillashtirilgan mikrokreditlardan foydalanish hamda yer maydonlaridan unumli foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.
🌱 Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish aholi daromadini oshirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu bois, o‘rganishlar davomida oilalarning ehtiyojlari va bandlik imkoniyatlariga e’tibor qaratilmoqda.
📜 Mazkur ishlar «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-642, 20.10.2020) ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.