Barcha yangiliklar
Oilalar bilan muloqot — imkoniyatlarni aniqlash yo‘lida
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
28 Okt 2026
10:25

Oilalar bilan muloqot — imkoniyatlarni aniqlash yo‘lida

Oilalar bilan muloqot — imkoniyatlarni aniqlash yo‘lida

🇺🇿 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich “Naymanko‘l” OFY 2-Xan-jap saylov okrugida aholi bandligi va ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda.

🏡 Navbatdagi o‘rganish fuqaro J.Sh.ning xonadonida davom etdi. Muloqotda oilaning daromadini oshirish, mustaqil faoliyat boshlash va mavjud resurslardan unumli foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.

💳 Jumladan, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli va yengillashtirilgan mikrokreditlardan foydalanish, yer maydonlarini samarali ishga solish orqali qo‘shimcha daromad topish masalalari ko‘rib chiqildi.

📍 Har bir oilaning sharoiti va imkoniyatini o‘rganish — unga mos ko‘mak yo‘nalishini aniqlashda muhim qadam. Bunday ishlar aholi bandligini oshirish, oilalar farovonligini mustahkamlash va kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qiladi.

📜 O‘rganishlar «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-642, 20.10.2020) ijrosi doirasida olib borilmoqda.