
Bandlik va oilalarni qo‘llab-quvvatlash — e’tibor markazida
Bandlik va oilalarni qo‘llab-quvvatlash — e’tibor markazida
🇺🇿 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich “Naymanko‘l” OFY 2-Xan-jap saylov okrugi hududida aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganmoqda.
🔎 O‘rganish fuqaro A.B.ning xonadonidan boshlandi. Suhbat davomida oilaning daromad manbalarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
💳 Xususan, imtiyozli va yengillashtirilgan mikrokreditlardan foydalanish, shuningdek, yer maydonlaridan unumli foydalanish orqali daromad topish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
📌 Maqsad — oilalarning iqtisodiy faolligini oshirish, barqaror daromad manbalarini shakllantirish va bandlik orqali kambag‘allikni qisqartirishga ko‘maklashish.
📜 O‘rganishlar «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-642, 20.10.2020) ijrosi doirasida olib borilmoqda.